19:36 / 02.03.2020
4 646

Mirishkor hokimi mahalla raislarini so‘kdi: Viloyat hokimligi munosabat bildirdi

Mirishkor hokimi mahalla raislarini so‘kdi: Viloyat hokimligi munosabat bildirdi
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi axborot xizmati
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani hokimi Baxtiyor Rajabov qo‘l ostidagilarni juda qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagani audioyozuvi tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, hokim 28 fevral kungi yig‘ilishda mahallalar raislari so‘kib haqoratlagan.
Qashqadaryo viloyat hokimligi axborot xizmati mazkur hodisa yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

«Audioda turli uyatli so‘zlar bilan yig‘ilganlarni «siylagan» [shaxs] tuman hokimi [Baxtiyor Rajabov] ekanligi aniq, inkor etish fikridan yiroqmiz. Bu borada ichki tartibda chora ko‘rish bilan cheklanish ham mumkin edi.

Ammo, qonuniy ravishda chora ko‘rilishi, «Nega oddiy xalq xato qilsa — jazo yoki jarima, hokim xato qilsa — kechirish-mi?» kabi tabaqalashtiruvchi gap-so‘zlar kelib chiqmasligi tarafdorimiz.

Tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganishlar yakunlanishi bilan holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni e’lon qilamiz», — deyiladi Qashqadaryo viloyat hokimligi rasmiy munosabatida.

Ma’lumot uchun, Baxtiyor Eshitemirovich Rajabov 2018 yilgacha Qashqadaryo viloyatining Koson tumaniga rahbarlik qilgan, 2018 yilning dekabrida ishdan olingan, ammo 2019 yilning martida u Qarshi shahri hokimi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan, ko‘p o‘tmay viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosariga aylangan, ammo 2019 yil oktabrida viloyat hokimi Zafar Ro‘ziyev ishdan ketgach, uning o‘rinbosarlari qatorida Baxtiyor Jo‘rayev ham lavozimidan ozod etilgan va Mirishkor tumani hokimi lavozimiga tayinlangandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Mirishkor hokimi mahalla raislarini so‘kdi: Viloyat hokimligi munosabat bildirdi