11:30 / 04.03.2020
2 844

Aldov yo‘li bilan pul va tilla olgan folbin qo‘lga olindi

Aldov yo‘li bilan pul va tilla olgan folbin qo‘lga olindi
Sergeli tumani IIO FMBga 56 yoshli Nagima O. murojaat qildi. Uning aytishicha, 2019 yili 2 dekabr kuni uning uyiga notanish ayol kelib, uyiga va katta o‘g‘liga sehr tekkaniga ishontirgan. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berib o‘tdi.

Xabarda aytilishicha, notanish ayol yordam Nagima O.ga berishini va «sehrdan xalos etishini» va’da qilgan. O‘z «xizmati» uchun esa Nagimadan 1 500 AQSH dollari va umumiy qiymati 1 300 AQSH dollariga teng bo‘lgan tilla taqinchoqlarni olib, voqea joyini tark etgan.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168 moddasi («Firibgarlik») bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ko‘rilgan choralar natijasida firibgarlikdan gumonlanuvchi shaxs aniqlanib, qashqadaryolik 32 yoshli Manzura B. qo‘lga olindi. Ehtiyot chorasi: shaxsiy kafillik.

Hurmatli fuqarolar, hayotingizdagi muammolaringizni yechishni va’da qilayotgan folbinlarga ishonmang.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Aldov yo‘li bilan pul va tilla olgan folbin qo‘lga olindi