16:13 / 04.04.2020
5 755

Bankomatlar orqali naqd pulni plastik kartaga o‘tkazish ham mumkin

Bankomatlar orqali naqd pulni plastik kartaga o‘tkazish ham mumkin
Respublika bo‘yicha 948ta bankomat orqali mijozlar naqd pul mablag‘ini bank plastik kartasiga kirim qilish imkoniga ega, deb xabar bermoqda Kun.uz nashri.

4 aprel kuni AOKA qoshidagi maxsus shtabda tashkil etilgan onlayn brifingda Markaziy bank boshqarma boshlig‘i Husanxo‘ja Obidov karantin davrida naqd puldan ko‘p foydalanmaslik tavsiya etilgan sharoitda bankomatlardagi Cash in xizmatiga murojaat qilish imkoniyati haqida ma’lumot berdi.

«Bugungi kunda respublika bo‘yicha jami 5 mingdan ortiq bankomatlar joylarga o‘rnatilgan. Ularning 948tasida Cash in, Cash out funksiyalari mavjud», - deya qayd etdi Husanjo‘ja Obidov.

Uning ta’kidlashicha, ana shu 948ta bankomat orqali mijozlar naqd pul mablag‘ini bank kartasiga kirim qilish imkoniga ham ega.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bankomatlar orqali naqd pulni plastik kartaga o‘tkazish ham mumkin