18:33 / 25.05.2020
2 327

MIB munosabatidan: asossiz xabarlarni tarqatish qarzdorlikdan ozod etmaydi

MIB munosabatidan: asossiz xabarlarni tarqatish qarzdorlikdan ozod etmaydi
Joriy yilning may oyida “Facebook” Ijtimoiy tarmog‘i orqali “Diloram Mengucek” akkaunti foydalanuvchisi tomonidan Bosh prokuratura hg‘uzuridagi Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi xodimilariga nisbatan e’tirozli xabarlar tarqatildi. Mazkur xabarlar yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Aniqlanishicha, Byuroning Olmazor tuman bo‘limi ijro ishi yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 28.01.2020 yildagi 2-1001-1911/51445-sonli ijro varaqasiga asosan qarzdor “PRIMER BROKERS” MCHJ va Mengujek Diloram Salaxitdinovnalardan solidar tartibda davlat foydasiga 2.592.357,96 so‘m davlat boji, XATB “Orient Finans Bank” foydasiga 129.617 ming so‘m kredit qarzdorligi undirish, undiruvni garovdagi boshlang‘ich bahosi 200 mln. so‘mga baholangan Mengujek Diloram Salaxitdinovnaga tegishli Toshkent shahar, Yunusobod tuman, 10-mavze, 11-uy, 37-xonadonga qaratish to‘g‘risidagi ijro hujjati 25.03.2020 yilda kelib tushgan va shu kuni qarzdor “PRIMER BROKERS” MCHJ nisbatan “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida” qaror qabul qilinib, qaror nushasi qarzdorga pochta aloqa bo‘limi orqali yuborilgan.

Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudining 20.01.2020 yildagi 1-273/8179/20-sonli ijro varaqasiga asosan “PRIMER BROKERS” MCHJ va Mengujek Diloram Salaxitdinovnalardan solidar tartibda davlat foydasiga 5.184 ming so‘m davlat boji undirish to‘g‘risidagi ijro xujjati 03.04.2020 yilda kelib tushgan va shu kuni qarzdor “PRIMER BROKERS” MCHJ nisbatan “ijro ishi yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida” qaror qabul qilinib, qaror nushasi qarzdorga pochta aloqa bo‘limi orqali yuborilgan.

Hozirda “PRIMER BROKERS” MCHJ va Mengujek Diloram Salaxitdinovnalarning 3 ta ijro ishi bo‘yicha 137.394 ming so‘mlik qarzi mavjud.
Ushbu qarzdorliklarni ixtiyoriy undirish bo‘yicha bir necha bor ogohlantirish berilgan “Sud hujjatlari va boshqa organ hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23, 44, 87-moddalari talablariga ko‘ra, qarzdorlar tomonidan sud qarori ijrosi ixtiyoriy ravishda bajarilmagan taqdirda, ijro haarkatlari majburiy tarzda bajarilishi ko‘rsatilgan.

Ushbu haqida qarzdor “PRIMER BROKERS” MCHJning rahbari D.Mengujek og‘zaki tushuntirish berilgan.
Lekin hozirgi kunga qadar ijro hujjati talabi “PRIMER BROKERS” MCHJ tomonidan bajarilmasdan, balki Ijtimoiy tarmoqlar orqali Byuroning Olmazor tuman bo‘limi xodimlarining noqonuniy ish olib borayotgani haqida asossiz xabarlar tarqatib kelmoqda.

Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi qarzdor Mengujek Diloram tomonidan Ijtimoiy tarmoqlar orqali bir tomonlama va noob’ektiv xabarlarni tarqatishidan ko‘ra, sud qarori ijrosini ta’minlab, qarzdorlikni bartaraf etish maqsadga muvofiq deb hisolaydi.

Majburiy ijro byurosining
Toshkent shahar boshqarmasi

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » MIB munosabatidan: asossiz xabarlarni tarqatish qarzdorlikdan ozod etmaydi