«Toshkent shahrida Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti filialini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Hukumat qarori (389-son, 17.06.2020 y) qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Turkiyaning Iqtisodiyot va texnologiyalar universitetining Toshkent shahrida filiali tashkil etiladi.
Filialning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyot tarmoqlariga innovatsiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, ilmiy tadqiqot natijalarini tijoratlashtirishni kengaytirish, ta’lim oluvchilarning innovatsion g‘oyalarini amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.
Filial nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi va filialda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.
Filial bitiruvchilariga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!