Pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasi 20 apreldan boshlanadi

1 daqiqa o'qish934
Pedagoglar uchun ipoteka subsidiyasi 20 apreldan boshlanadi

Oliy malaka toifasiga ega bo‘lgan, yaʼni bosh o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritayotgan pedagoglar uchun ipoteka krediti bo‘yicha davlat subsidiyalariga arizalar qabul qilish 20 apreldan boshlanadi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlum qildi.

Rasmiy maʼlumotga ko‘ra, arizalar qabul qilish jarayoni joriy yil 20 aprel kuni soat 14:00 dan start oladi. Dastur doirasida o‘qituvchilarga ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badalning 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Subsidiya olish uchun arizachi bir qator belgilangan ijtimoiy talablarga javob berishi kerak. Jumladan, uning kredit tarixi kamida bir tijorat bankining ichki talablariga mos bo‘lishi shart.

Shuningdek, arizachi yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida respublika bo‘yicha ikki va undan ortiq ko‘chmas mulk mavjud bo‘lmasligi lozim. Dastur doirasida kamida 15 yillik pedagogik tajribaga ega bo‘lish hamda oliy malaka toifasi yoki bosh o‘qituvchi lavozimida ishlash asosiy talablardan hisoblanadi.

Arizalarni topshirish uchun fuqarolar Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishlari, shuningdek my.gov.uz portali yoki MyGov mobil ilovasidan foydalanishlari mumkin.

Ushbu subsidiya orqali fuqarolar 15 ta bankdan ipoteka kreditini rasmiylashtirish imkoniga ega bo‘ladi. Tegishli banklar ro‘yxati rasman eʼlon qilingan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur tartib VMQ–69-son qaror asosida, oliy toifali pedagoglarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida joriy etilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?