Samarqand viloyatida uka opasini meros puli uchun o'ldirib qo'ydi

1 daqiqa o'qish642
Samarqand viloyatida uka opasini meros puli uchun o'ldirib qo'ydi

Samarqand viloyatida uy snosi uchun berilgan kompensatsiya puli ustidagi kelishmovchilik og‘ir jinoyat bilan yakunlandi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 36 yoshli erkak mast holatda opasining uyiga kelib, u yerda spirtli ichimlik iste’mol qilgan. Suhbat davomida u uy uchun ajratilgan tovon pulidan ulush talab qilgan.

41 yoshli opa esa bu talabni rad etib, mablag‘ning bir qismi allaqachon berilganini aytgan.

Shundan so‘ng ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan. Erkak oshxonadagi pichoq bilan opasining ko‘krak qismiga zarba bergan. Ayol voqea joyida vafot etgan.

Sudda erkak o‘z aybini tan olib, yengillik so‘ragan. U ilgari ham jinoyat sodir etgani uchun sudlangan shaxs ekani qayd etilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi bilan aybdor deb topilib, 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashi belgilandi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?