Yangibozorlik fermer oʻz yer maydonini saqlab qoldi

1 daqiqa o'qish301
Yangibozorlik fermer oʻz yer maydonini saqlab qoldi

Majburiy ijro byurosi Yangibozor tumani boʻlimi tomonidan davlat manfaatlari va korxonalar haqdorligini taʼminlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, boʻlim davlat ijrochisi A.Qadirberganov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari natijasida yirik miqdordagi qarzdorlik bartaraf etildi.

Sud va soliq organining ijro hujjatlariga koʻra, tumandagi “O.S.” fermer xoʻjaligining jami 244,7 million soʻmdan ortiq qarzdorligi mavjud boʻlib, ushbu mablagʻning 158,4 mln soʻmi davlat foydasiga soliq qarzdorligi hamda 86,3 mln soʻmi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ oldidagi qarz ekanligi qayd etilgan.

Qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmaganligi sababli, davlat ijrochisi tomonidan qatʼiy choralar koʻrildi. Fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan, Yangibozor tumani “Choʻpolonchi” massivida joylashgan jami 65,6 gektar yer maydonining uzoq muddatli ijaraga olish huquqi xatlandi.

Mazkur yer maydonining normativ qiymati tegishli mutaxassislar tomonidan 1,8 milliard soʻmdan ziyod deb baholandi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 28.03.2025 yildagi PQ-131-sonli qarori ijrosi boʻyicha joriy yilning 15 aprel kuni “E-AUKSION” elektron savdo maydonchasiga chiqarildi.

Fermer xoʻjalik rahbari yer maydonidan ayrilishini oʻylab, barcha qarzdorlikni toʻliq bartaraf etdi. Qarzdorlik toʻlangani munosabati bilan ijro ishi amalda tamomlandi va yer maydoniga qoʻyilgan cheklovlar bekor qilindi.

Ijro hujjatlari talablarini oʻz vaqtida bajarish, mol-mulklaringiz xatlanishi va auktsion savdolariga chiqib ketishining oldini oladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?