Toshkentda 30 iyun kuni koronavirus aniqlangan 71 yoshli ayol olamdan o‘tdi. U O‘zbekistonda koronavirusning 32-qurboniga aylandi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkent shahrida koronavirusga chalingan 71 yoshli bemor o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar berdi.
«Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi, 71 yoshli onaxon M.G. joriy yil 30 iyun kuni koronavirus aniqlanganligi sababli Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan.
Unga «Yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi, ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi» tashxisi qo‘yilgan.
Bemor bundan avval, oxirgi 10 yil davomida yurak ishemik kasalligi, gipertoniya, stenokardiya, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi bilan davolanib yurgan. So‘nggi bir oy ichida esa rejali gemodializ muolajalarini olishni boshlagan.
Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar tomonidan maslahatlar, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemeditsina orqali konsiliumlar o‘tkazilib, doimiy nazoratga olingan. Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi», deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabarida.
Bu O‘zbekistonda koronavirus tufayli qayd etilgan 32-o‘lim bo‘ldi.
Hozirgacha Toshkentda 18, Namanganda 4, Samarqand, Buxoro, Surxondaryo va Jizzaxda 2tadan, Farg‘ona va Qashqadaryoda bittadan o‘lim ro‘y berdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
Peterburgda yong‘in vaqtida odamlarni qutqargan o‘zbekistonlikka surat sovg‘a qilindi
Qodirovning 16 yashar o‘g‘li Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universiteti kuratori bo‘ldi
Sensatsiya! Afg‘oniston futzal bo‘yicha jahon chempionatiga chiqdi!
Vadim Abramov: "Vazifamiz keyingi bosqichga chiqish edi, afsuski, buni uddalay olmadik"
Saidjamshid Ja’farov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, IBA Asia kamarini qo‘lga kiritdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Telegram Ukraina «GUR»ning «razvedka boti»ni blokladi