date

Jahongir Nomozov kutilmaganda vafot etdi — tafsilotlar

Jahongir Nomozov kutilmaganda vafot etdi — tafsilotlar

Jahongir Nomozov vafoti bilan bog‘liq xabar adabiy jamoatchilik va keng omma orasida katta qayg‘u uyg‘otdi. U Namangan viloyati Pop tumanida o‘z xonadonida o‘lik holda topilgan. Bu haqda Qalampir nashri xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 1997 yilda tug‘ilgan yosh ijodkorning o‘limi o‘z joniga qasd qilish bilan bog‘liq ekani aytilmoqda. Holat yuzasidan O‘zbekiston Bosh prokuraturasi rasmiy vakillari ham tasdiqlash bergan.

Tuman ichki ishlar bo‘limi ma’lumotida qayd etilishicha, voqea 15 aprel kuni Pop tumanida sodir bo‘lgan. Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, u o‘z uyida vafot etgan va hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan.

Fuqaro Jahongir Nomozov, ruhiyatidagi o‘zgarishlar sababli o‘z harakatlarining mohiyatini anglay olmasdan, yashash xonadonidagi hammomning to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, bo‘yin sohasidan o‘zini-o‘zi osib, voqea joyida vafot etgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida o‘lim mexanik asfiksiya — bo‘yin sohasining sirtmoqda siqilishi natijasida yuzaga kelgani ko‘rsatilgan. Tanada boshqa jarohatlar aniqlanmagan.

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi bo‘lgan Jahongir Nomozov yosh ijodkor sifatida adabiyot va tarjimonlik sohasida ham faol edi. U xalqaro adabiy loyihalarda ishtirok etib, she’rlari turli tillarga (ingliz, ozarbayjon, turk) tarjima qilingan.

U Turkiya va Qozog‘iston adabiy tashkilotlari bilan hamkorlik qilib, bir qator xalqaro adabiy mukofot va platformalarda faol ishtirok etgan ijodkor sifatida tanilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Jahongir Nomozov kutilmaganda vafot etdi — tafsilotlar