Sobiq vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

1 daqiqa o'qish1.8K
Sobiq vazir o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev garov evaziga ozod etildi

O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining sobiq o‘rinbosari, yirik miqdordagi byudjet mablag‘lari talon-toroj qilinishi bilan bog‘liq ishda gumon qilingan Bekmurod Abdullayev ozodlikka chiqqani maʼlum bo‘ldi.

Kun.uz manbasiga ko‘ra, u ish doirasida yetkazilgan 200 milliard so‘mdan ortiq zararni naqd pul shaklida qoplab bergandan so‘ng, unga nisbatan qo‘llangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi garov bilan almashtirilgan.

Maʼlumotlarga qaraganda, general-mayor unvoniga ega bo‘lgan Abdullayev turli yillarda Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiya tizimlarida masʼul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021 yil aprelida u Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi.

2025 yil noyabrida esa u lavozimidan ozod etilgani haqida xabar tarqaldi. 2026 yil yanvarida esa Abdullayev va Jazoni ijro etish departamentining sobiq rahbari Rustam Tursunovga nisbatan jinoyat ishi ochilgani maʼlum qilindi. Ular davlat xaridlari tizimida yirik moliyaviy qonunbuzarliklarda gumon qilinib, qamoqqa olingan edi.

Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu ish doirasida davlat byudjetiga 186 milliard so‘m atrofida zarar yetkazilgani prezident ishtirokida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ham tasdiqlangan.

Hozirgi kunda Rustam Tursunov qamoqda saqlanmoqda. Abdullayev bo‘yicha esa ehtiyot chorasi garovga o‘zgartirilib, u tergov jarayonida erkinlikda qolgan holda ishtirok etmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?