Turkiyada xiyonat fosh etildi: o‘zbekistonlik kelinga jazo tayinlandi

Turkiyada oilaviy mojaro bilan bog‘liq shov-shuvli sud ishi jamoatchilik e’tiborini tortdi. Turkiya fuqarosiga turmushga chiqqan o‘zbekistonlik ayol eriga xiyonat qilganlikda ayblanib, sud qaroriga ko‘ra katta miqdorda tovon puli to‘lashga majbur etildi. Bu haqda mahalliy OAV ma'lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Sakarya viloyatining Oqyoz tumanida yashovchi fuqaro turmush o‘rtog‘ining o‘z qarindoshi — ya’ni amakivachchasi bilan noqonuniy munosabatda bo‘lganini iddao qilib, sudga murojaat qilgan.
Sud jarayoni yakunida er-xotinning nikohi bekor qilinib, ayol zimmasiga 50 ming lira moddiy va 120 ming lira ma’naviy zarar to‘lash, jami 170 ming turk lirasi miqdorida kompensatsiya to‘lash majburiyati yuklatildi.
Da’vogarning so‘zlariga ko‘ra, xiyonat holati ularning o‘z uyida sodir bo‘lgan. To‘rt yil avval qurilgan ushbu oilada farzand bo‘lmagan. Voqea oshkor bo‘lgach, ayol O‘zbekistonga qaytib ketgan va uning aniq manzilini topish muammoli bo‘lib qolmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!