00:09 / 25.07.2020
2 126

Xorij davlatlari prezidentlari va hukumat rahbarlari Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi

Xorij davlatlari prezidentlari va hukumat rahbarlari Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tug‘ilgan kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar rahbarlari, taniqli davlat va jamoat arboblaridan qutlovlar kelmoqda, deya xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

Xususan, Xitoy rahbari Si Szinpin o‘z maktubida ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani, mustahkam do‘stlik rishtalarini g‘oyat qadrlashini ta’kidlagan. Xitoy rahbari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga tayyor ekanini, birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan ko‘p qirrali hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In koronavirus pandemiyasiga qaramay davom etayotgan faol muloqot va almashinuvlar mamlakatlar o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarining haqiqiy ahamiyatidan dalolat berayotganini ta’kidlagan.

Janubiy Koreya rahbari yaqin hamkorlik tufayli mamlakatlar inqirozni yengib o‘tishi va ikki tomonlama aloqalar yangi taraqqiyot darajasiga yetishiga ishonch bildirgan.

Shuningdek, quyidagilar ham samimiy tabriklar yo‘llagan:
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi;
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev;
Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko;
Moldova prezidenti Igor Dodon;
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy;
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy;
Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich;
Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti 24 iyul kuni 63 yoshga to‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xorij davlatlari prezidentlari va hukumat rahbarlari Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashdi