22:20 / 04.11.2020
3 372

Koronavirusga chalingan odam bilan bir uyda yashab, kasallikni yuqtirmaslik uchun nima qilish kerak?

Koronavirusga chalingan odam bilan bir uyda yashab, kasallikni yuqtirmaslik uchun nima qilish kerak?
Foto: «rg.ru»
Koronavirusni yengil shaklda o‘tkazayotgan bemorlar shifoxonaga qaraganda ko‘proq uyda davolanmoqda. Ammo bu bilan bemorning birga yashaydigan boshqa oila a’zolarining sog‘lig‘i xavf ostida qolishi mumkin. Bunday vaqtda ular o‘zini qanday qilib himoya qilishi kerak?

Kasal bo‘lish ehtimoli qay darajada?
Albatta, bu haqda aniq ma’lumotlar yo‘q. Ammo bir narsa aniqki, bemor bilan aloqada bo‘lgan insonlarda kasallik yuqish ehtimoli ko‘proq. Shuningdek, profilaktika choralari kasallik xavfini kamaytiradi. Shuning uchun shifokorning barcha tavsiyalariga amal qilish kerak, sog‘liqqa ahamiyatli bo‘lish zarur.

Masofani saqlash
Agar iloji bo‘lsa, bemorni alohida xonada izolyatsiya qilish zarur va bemor tuzalgunga qadar u xonaga sog‘lom odamlar kirmasligi kerak. Agar uy bir xonadan iborat bo‘lsa, oradagi masofa ikki metrdan kam bo‘lmasligi juda muhim.

Gigiyena qoidalariga amal qilish
Qo‘llarni tez-tez sovun bilan yuvish yoki antiseptik vositadan foydalanish kerak. Albatta, ushbu jarayon to‘g‘ri bajarilishi kerak. Qo‘llarni burun, lab va ko‘zlarga olib bormaslik tavsiya etiladi.

Xonadagi havoni tozalab turish
Agar bemor alohida xonada davolanayotgan bo‘lsa, u yerni kamida ikki marotaba havosini tozalash kerak. Ayniqsa, bemor va boshqalar foydalanadigan umumiy joylar – oshxona, hammom va hojatxonada ko‘proq havo almashtirib turilishi kerak. Ob-havo yaxshi bo‘lsa, xona derazalari ochiq turgani afzal.

Niqob va qo‘lqopdan foydalanish
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti mutaxassislari nafaqat kasal odamlar, balki sog‘lom insonlar ham niqob va qo‘lqoplardan foydalanishi kerak, deya ta’kidlamoqda. Shunda bemor bilan bir xonada yashash kasallik xavfini biroz kamaytiradi. Unutmaslik kerakki, bir martalik niqoblar har 2 soatda, ko‘p martalikni esa har 4-6 soatda o‘zgartirish shart. Bemor bilan aloqadan so‘ng qo‘lqop va niqoblarni tashlash, so‘ngra qo‘llarni yuvish tavsiya etiladi.

Bemorning idishlar alohida bo‘lishi
Stakan, qoshiq, sanchqi – bemor oziqlanishi uchun kerak bo‘ladigan barcha vositalar alohida bo‘lishi zarur. Hattoki, sochiq va choyshablar ham alohida bo‘lishi zarur. Sog‘lom odam esa ushbu buyumlarga faqatgina himoya vositasi yordamida tegishi mumkin.

Sirtqi qismlarni tozalash
Kuniga kamida bir marotaba kasal odam tegishi mumkin bo‘lgan yuza qismlar yaxshilab tozalash va dezinfeksiya qilinishi kerak.

Kir yuvish qoidalariga rioya qilish
Bemorning kiyimlarini maksimal haroratda yuvish va quritishni unutmaslik kerak. Shuningdek, ushbu jarayonning barchasi qo‘lqop va niqob yordamida amalga oshirilishi kerak. Ularni chiqindiga tashlagandan so‘ng qo‘llar sovunlab yuvilishi zarur.

Immunitetni mustahkamlashga harakat qilish
Ochiq havoda sayr, jismoniy mashqlar, dam olishni targ‘ib qiluvchi va stressni yengadigan sevimli mashg‘ulotlar har doim ham muhim. Ayniqsa, koronavirusga chalingan bemor yonida yashovchi insonlar uchun foydali. Ularga ko‘proq piyoda yurish, ertalabki mashqlarni bajarish, kechki payt kamida yarim soatni sevimli mashg‘ulotga bag‘ishlash tavsiya etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Koronavirusga chalingan odam bilan bir uyda yashab, kasallikni yuqtirmaslik uchun nima qilish kerak?