20:43 / 09.12.2020
6 365

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yana bir lavozimni egalladi

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yana bir lavozimni egalladi
Toshkentda O‘zbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tantanali ochilish marosimida Adliya, Tashqi ishlar, Sog‘liqni saqlash, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, shuningdek, Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Hindistonning O‘zbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi vakillari ishtirok etishgan.

«Tadbirning ochilish marosimida so‘zga chiqqan Toshkent shahar hokimi, O‘zbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxo‘jayev ushbu yangi bino bilan barchani, ayniqsa, yoga bilan shug‘ullanib kelayotganlarni tabrikladi», deyiladi xabarda.

Shahar hokimi hozirda yogani aholi orasida keng targ‘ib qilish bo‘yicha qilinayotgan ishlarga to‘xtalib, «2020-2024 yillarda Yoga federatsiyasini rivojlantirish dasturi» tasdiqlangani hamda uning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilganini ma’lum qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev yana bir lavozimni egalladi