10:20 / 11.05.2021
1 429

Tibbiy dori vositalarining noqonuniy o‘tkazilishini oldi olindi


Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan oldindan olingan tezkor ma’lumotlarga asosan, DXX Sirdaryo viloyati boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Mirzaobod tumani hududida tibbiy dori vositalarining noqonuniy aylanuviga qarshi kurashish borasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.Tezkor tadbir davomida, oldindan tezkor kuzatuvga olingan, A-373 yo‘lining Qarshi-Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan fuqaro A.F boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli yengil avtotransport vositasi Mirzaobod tumani hududida viloyat IIB YPX xodimlari ishtirokida to‘xtatildi.

Ushbu avtotransport vositasi saloni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda Xindiston davlatida ishlab chiqarilgan, bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hech qanday hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan, 3 ta qog‘oz korobkalarga joylashtirilgan, 580 quti, har bir qutida 10 dona jami 5 800 dona  (har bir donasi 15 000 so‘mdan) umumiy qiymati 87 000 000 so‘mlik “Vital Vit K1” (0,5 ml) nomli tibbiy dori vositasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tibbiy dori vositalarining noqonuniy o‘tkazilishini oldi olindi