Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmonning taklifiga binoan 10 iyun kuni rasmiy tashrif bilan Tojikistonga jo‘nab ketdi.
Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi muzokaralarda O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Xususan, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.
Ko‘p qirrali sheriklikning yangi “o‘sish nuqtalari”ni belgilash hamda uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq loyihalarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratiladi. Prezidentlar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashadi.
Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti, O‘zbekiston-Tojikiston investitsiya kompaniyasini tashkil etish, sanoat va yangi texnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar, Qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi” va boshqa hujjatlar imzolanishi rejalashtirilmoqda.
Ikki tomonlama hamkorlikning deyarli barcha sohalarini qamrab oladigan jami 30 dan ziyod hujjat qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, tashrif doirasida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish bo‘yicha umumiy qiymati qariyb 1 milliard dollar bo‘lgan tijorat shartnomalari va bitimlar imzolanishi kutilmoqda.
Tashrif dasturidan Dushanbe shahrida madaniy tadbirlarda ishtirok etish, So‘g‘d viloyatida jamoatchilik vakillari bilan uchrashish, sanoat ob’ektlari bilan tanishish ham o‘rin olgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi