15:00 / 12.06.2021
1 331

Namanganda voyaga yetmaganlar tovuqlarga zarar yetkazgan itni daraxtga osib qo‘ydi

Namanganda voyaga yetmaganlar tovuqlarga zarar yetkazgan itni daraxtga osib qo‘ydi

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘zbekistonda bolalar ko‘ngilxushlik qilish uchun itni daraxtga osib qo‘ydi» izohi bilan videotasvir tarqaldi. Ushbu video yuzasidan Namangan IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 24 may kuni Chortoq tumani «Sohibkor» MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi, Chortoq tumani XTBga qarashli umumta’lim maktabining 6-sinf o‘quvchisi H.H. shu mahallada yashovchi, 5-sinf o‘quvchisi Z.Sh. bilan birgalikda uydagi tovuqlariga zarar yetkazgan itni dalaga olib borib, tashlab kelish maqsadida o‘zi bilan birga olib ketib, o‘zlari sodir etayotgan harakatlarning huquqiy oqibatini tushunib yetmasdan, itni chinor daraxtiga osgan.

Ushbu holatni Chortoq tumani «Hayrli» MFYda yashovchi, 2003 yilda tug‘ilgan I.B. videotasvirga olib, Telegram messenjeridagi «Sinfdoshlar» guruhiga tashlagan.

27 may kuni ushbu videoni tumandagi maktabning 11-sinf o‘quvchisi A.T. TikTok ijtimoiy tarmog‘iga joylashtirgan. Hozirda videotasvirdagi kuchukning ahvoli yaxshi va H.H. tomonidan parvarishlab kelinmoqda.

Holat yuzasidan Chortoq tuman IIB xodimlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilib, aybdor shaxslarning javobgarlik masalasini hal etish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (1)


Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda voyaga yetmaganlar tovuqlarga zarar yetkazgan itni daraxtga osib qo‘ydi