Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 5 avgust kuni Turkmanboshi shahriga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, davlat rahbari ushbu shahar yaqinidagi «Avaza» milliy sayyohlik zonasida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining navbatdagi Maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.
Turkmaniston prezidenti raisligida o‘tadigan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov va Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qatnashadi.
Davlat rahbarlari 2019 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tgan Maslahat uchrashuvida erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi natijalarini ko‘rib chiqadi.
Kun tartibiga mintaqada barqaror va izchil taraqqiyotni ta’minlash, savdoni rivojlantirish, energetika sohasida sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish, transport-kommunikatsiya sohasida hamkorlikni kengaytirish, pandemiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish va boshqa masalalar ham kiritilgan.
O‘zbekiston Prezidenti o‘z nutqida do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik, o‘zaro ishonch va ko‘mak munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surishi, uzoq muddatli umumiy manfaatlarga asoslangan mintaqaviy hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlarini bayon qilishi kutilmoqda.
Sammit yakunida muhim ko‘p tomonlama hujjatlar, shu jumladan davlat rahbarlarining qo‘shma bayonoti qabul qilinadi. O‘zbekiston Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishi ham rejalashtirilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi