10:13 / 31.01.2022
796

2021 yilda iste’molchilar qaysi xizmatlardan eng ko‘p shikoyat qilishgan?

2021 yilda iste’molchilar qaysi xizmatlardan eng ko‘p shikoyat qilishgan?
Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi huzuridagi Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi 2021 yilda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yakunlari bo‘yicha ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, o‘tgan yili agentlik xodimlari tomonidan 262 ming 49 nafar fuqaroga (2020 yilda — 21 ming murojaat) iste’molchilar bilan bog‘liq masalalarni hal etishda yordam ko‘rsatilib, 84 foiz holatda ijobiy natijaga erishilgan. Kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish natijasida 6 million 800 ming nafardan ortiq (2020 yilda — 4 million iste’molchi) fuqarolarning huquqlari buzilgani aniqlangan va iste’molchilik manfaatlari tiklangan.

Iste’molchi muammolarining yarmidan ko‘pi, ya’ni murojaatlarning 51,5 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlarini tashkil etgan. 23,4 foizi savdo, 14,8 foizi mobil aloqa va ineternet, bank ishi, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda 10,2 foizi reklama hamda boshqa masalalar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori 150 milliard so‘mdan ortiqni tashkil etgan (2020 yilda — 54,7 milliard so‘m). Murojaatlarni hal etish jarayonida iste’molchilar foydasiga 106,9 milliard so‘m (71 foizi) miqdorida qayta hisob-kitoblar amalga oshirilgan. Fuqarolarning huquqlarini buzgan shaxslar tomonidan 13,7 million so‘m jarima to‘langan.

Iste’molchilarga savdo va umumiy ovqatlanish sohasida 2,7 milliard so‘m miqdorida mablag‘ qayta hisob-kitob qilingan. 384 nafar iste’molchi tomonidan jami 2,8 milliard so‘mlik turli xil tovarlar (avtomobil, mototransport, maishiy texnika, qurilish materiallari, kiyim-poyabzal va boshqa iste’mol tovarlari) qaytarilgan yoki almashtirib berilgan.

2021 yil avgust oyidan boshlab joylardagi gaz, elektr, suv, issiqlik ta’minoti va maishiy chiqindi tashish korxonalarida fuqarolar qabulini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Xususan, 16 avgust—28 dekabr oralig‘ida hududlardagi kommunal tashkilotlarga kelgan 3 ming 960 nafar iste’molchining murojaati joyida ko‘rib chiqilgan. 59,7 foizi joyida hal qilingan, qolganlariga tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, atroflicha o‘rganish uchun qabul qilingan.

Ijara, lizing, ipoteka, iste’mol krediti va sug‘urta munosabatlarida iste’molchilar huquqlari himoyasini mustahkamlash maqsadida 5 ta qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirish kiritish bo‘yicha 14 ta normativ-huquqiy hujjatlar loyihasi tayyorlangan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 2021 yilda iste’molchilar qaysi xizmatlardan eng ko‘p shikoyat qilishgan?