Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ijtimoiy tarmoqlarda diniy masala hamda O‘zbekistonning din sohasidagi pozitsiyasi borasida turli bahs-munozaralar tarqalayotgani sabab fuqarolarga murojaat bilan chiqdi.
Afsuski, oxirgi vaqtda ijtimoiy tarmoqlarda ba’zi mutaassib shaxslar, ayrim hollarda esa diniy soha vakillari tomonidan ham O‘zbekistonning din sohasidagi yagona davlat siyosatini noto‘g‘ri tushunish va baholash, yangiliklarni o‘z manfaatlariga moslab talqin qilish, voqelikni bo‘rttirib ko‘rsatish, insonlar fikrida noxolis munosabatni shakllantirishga bo‘lgan urinishlar kuzatilmoqda.
Birinchidan, shuni unutmaslik kerakki, biz dunyoviy, huquqiy demokratik, ko‘p millatli va turli konfessiyali jamiyatda yashaymiz.
Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasining «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunda hech qaysi dinga yoki diniy e’tiqodga boshqalariga nisbatan biror-bir imtiyoz yoki cheklashlar belgilanishiga yo‘l qo‘yilmasligi qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Uchinchidan, turli millat va konfessiya vakillari istiqomat qiladigan jamiyatda qonun bilan o‘rnatilgan va ijtimoiy kelishuv asosida tartibga solinadigan munosabatlarga qarshi har qanday turdagi nojoiz xatti-harakat, gap-so‘z va sa’y-harakat turli dinlarga e’tiqod qiluvchi aholi orasida tushunmovchiliklar yuzaga kelishiga hamda diskriminatsiya va turli muammolar kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoq sahifalarida davlat idoralari mas’ul xodimlari tomonidan O‘zbekistonning dunyoviy, huquqiy demokratik davlat tamoyillaridan kelib chiqib, jamiyatda qonun ustuvorligi eslatilgan chiqishlariga nisbatan ayrim shaxslar, shu jumladan, diniy soha vakillari turli munosabat bildirmoqda.
Shu o‘rinda, ta’kidlash lozimki, Adliya vazirligi mamlakatda diniy tashkilotlarni ro‘yxatga oluvchi yagona vakolatli davlat organi hisoblanadi hamda diniy tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunchilik hujjatlari talablari va o‘z ustavi qoidalariga rioya etishi ustidan nazoratni olib boradi.
O‘zbekiston Respublikasi «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunning 5-moddasida respublikamizda vijdon erkinligini ta’minlashning asosiy ustuvorliklari sanab o‘tilgan. Ushbu moddada quyidagilar keltiriladi: fuqarolarning dinga munosabatidan qat’i nazar, diniy qarashlarni majburan singdirishga yo‘l qo‘ymagan holda, ularning vijdon erkinligiga bo‘lgan o‘z huquqlarini amalga oshirishi uchun teng shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, jamoat tartibiga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining sog‘lig‘i va axloqiga, huquq va erkinliklariga tahdid soluvchi diniy g‘oyalar hamda qarashlarning singdirilishi va tarqatilishiga qarshi kurashish qat’iy belgilab qo‘yilgan.
Shuningdek, mazkur qonunning 7-moddasiga binoan, davlat turli dinlarga e’tiqod qiladigan va ularga e’tiqod qilmaydigan fuqarolar, turli dinlarga mansub diniy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro murosa va hurmat o‘rnatilishiga ko‘maklashadi, diniy aqidaparastlik hamda ekstremizmga, munosabatlarni qarama-qarshi qo‘yish va keskinlashtirishga, turli konfessiyalar o‘rtasida adovatni avj oldirishga qaratilgan xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ymaydi.
Xulosa o‘rnida, fuqarolarimizdan diniy mavzu o‘ta xassos ekanini e’tiborga olib, internet va ijtimoiy tarmoqlarda diniy masala hamda davlatning din sohasidagi pozitsiyasiga munosabat bildirganda xolis bo‘lish, ayni vaqtda, davlatning dunyoviy demokratik tamoyillarini qat’iy yodda tutgan holda shaxsiy qarashlarini ommaviy munosabat sifatida talqin qilmasliklarini so‘rab qolamiz. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Isroil HAMAS va “Hizbulloh” raketalarini lazer quroli bilan urib tushirmoqchi. U qanday ishlaydi?
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi