“Orzuga intilgan ayollar” maxsus loyihasi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib madaniyat, fan va ishlab chiqarish sohalarida kasb egallagan ayollarga bag‘ishlangan to‘qqizta videorolikdan iborat.
We Digital va AIM Lab jamoalari qahramonlarning portretlarini yaratish, animatsiya va montaj uchun turli AI vositalaridan foydalandi. Loyiha ustida ishlashda OAV dagi nashrlar va fotosuratlardan foydalanilgan.
Qahramonlar:
- Sobira Xoldarova (1907–1984) – birinchi professional o‘zbek jurnalisti;
- Maqsuma Kariyeva (1903-1946) — O‘zbekistondagi birinchi aktrisalardan biri;
- Zulfiya Umidova (1897–1980) – birinchi ayol shifokor, tibbiyot fanlari doktori;
- Bashorat Mirboboyeva (1916–2010) – birinchi ayol poyezd mashinisti va parashyutchi;
- Tamaraxonim (Petrosyan) (1906-1991) - atoqli raqqosa, o‘zbek raqsi o‘qituvchisi va islohotchisi;
- Shamsiroy Hasanova (1917 – 1956) – birinchi professional o‘zbek rassomi;
- Nelya Ataullayeva (1931-1974) — birinchi hujjatli film rejissyori;
- Ilariya Raykova (1896–1981) – O‘zbekiston va Tojikistonning atoqli olimi, biologiya fanlari doktori;
- Xadicha Sulaymonova (1913–1965) – Markaziy Osiyodagi birinchi ayol- huquq fanlari doktori.
“Orzuga intilgan ayollar” XX asrda O‘zbekistonda yashab, qiyinchiliklar, ijtimoiy qarshilik va stereotiplarni yengib, o‘z davri ayollari uchun yangi kasblarni egallagan to‘qqiz nafar haqiqiy ayollar haqida hikoya qiladi.
"O‘zbekiston ayollari o‘z taqdirini mustaqil tanlash huquqiga egalar va bu tanlov jamiyat stereotiplari yoki chegaralar bilan cheklanmasligi kerak. “Orzuga intilgan ayollar” loyihasi bizga har bir ayolning ajoyib kuchi va atrofidagi dunyoni o‘zgartirish qobiliyatiga ega ekanligini eslatish uchun mo‘ljallangan. Biz hozirgi va kelajak avlod ayollari o‘z orzulari sari intilib, ulkan marralarga erishishlari mumkinligini alohida ta’kidlamoqchimiz. O‘tgan zamondagi ayollar qiyinchiliklarni yengib, o‘z orzulariga erishgani biz uchun buyuk hurmat va faxrdir. Ushbu loyiha ularning jasoratiga hurmat bajo keltirish va ayollarning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan ulushini tan olishning muhimligi haqida eslatmadir", — deydi AIM Laboratoriyasi rahbari Hikmatilla Ubaydullayev.
Loyiha ustida ishlar qanday kechdi?
Sun’iy intellekt vositalaridan foydalangan holda mualliflar qisqa vaqt ichida hamda ochiq axborotlarda mavjud oz ma’lumotlar va fotosuratlardan yuqori sifatli mahsulotni yaratishga muvaffaq bo‘lishdi.
Sun’iy intellektning turli vositalari We Digital va AIM Lab mutaxassislariga ushbu qiyinchiliklarni yengishda yordam berdi. Shu bilan birga, texnik imkoniyatlarga qaramay, jarayon mashaqqatli kechdi va ehtiyotkorlik bilan inson nazorati hamda ishtirokini talab qildi.
Birinchi bosqich konsepsiyani ishlab chiqish, ssenariylarni yozish va tasdiqlashdan iborat edi. Shundan so‘ng kadrlarni saralash, promptlar (neyron tarmoqlar uchun so‘rovlar) va portret kadrlarni yaratish uchun mavjud fotosuratlarni tiklash jarayonlari amalga oshirildi.
Keyinchalik statik kadrlarni va yuqori sifatli portretlarni yaratish va animatsiya jarayoni boshlandi. Bu bosqich eng uzoq va eng ko‘p mehnat talab qiladigan bosqich edi, chunki u suratlar yaratishda doimiy tuzatishlarni talab qildi. Oxirgi bosqichda montaj va ovoz berish amalga oshirildi.
Oddiy grafik muharrirlik va tahrirlash dasturlariga qo‘shimcha ravishda muharrirlar ChatGPT4, Midjourney, Runaway, Topaz kabi AI vositalaridan foydalanganlar. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari