Erkin Komilov og‘ir judolikda uchradi

O‘zbek Milliy akademik drama teatri san’atkori, O‘zbekiston xalq artisti Erkin Komilovning umr yo‘ldoshi Mahbuba Komilova 62 yoshida vafot etdi. Bu haqda teatr rasmiy ma’lumot berdi.
Teatr jamoasi Erkin Komilov hamda uning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, og‘ir yo‘qotish munosabati bilan tasalli so‘zlarini yo‘llagan.
Ma’lumot uchun, Mahbuba Komilova 1964 yil 9 fevralda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1987 yil O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining rejissyorlik fakultetini tamomlagan. O‘zbek Milliy akademik drama teatrida rejissyor yordamchisi sifatida mehnat qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing