date

"Checha" obrazida tanilgan aktrisa o'zining noyob qobiliyati haqida so'zlab berdi

"Checha" obrazida tanilgan aktrisa o'zining noyob qobiliyati haqida so'zlab berdi

O‘zbek kinosida “checha” obrazlari orqali ko‘plab muxlislar mehrini qozongan, O‘zbekiston xalq artisti Aziza Begmatova o‘zining noyob ichki sezgi qobiliyati borligini ma’lum qildi. Bu haqda u “Omon-omon” ko‘rsatuvida ochiqchasiga gapirib o‘tdi.

Aktrisaning aytishicha, u homilador ayollarning yuziga qarab, farzandining jinsi — o‘g‘ilmi yoki qizmi — ekanini oldindan bilib ayta oladi. Bu qobiliyatdan ko‘plab aktrisalar ham foydalangan.

“Men yuziga qarab ayollarning qiz yoki o‘g‘il tug‘ishini oldindan aytib bera olaman. Juda ko‘p san’atkorlarga ham aytganman. Lekin bu sirni hech kimga ochmayman”, — deydi Aziza Begmatova.

Bu qobiliyatni qanday aniqlashi borasida aktrisa sir saqlagan bo‘lsa-da, uning bu so‘zlari ko‘plab tomoshabinlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » "Checha" obrazida tanilgan aktrisa o'zining noyob qobiliyati haqida so'zlab berdi