date

Manzuradan yangi premyera: “Sevolmadingizmi” qisqa fursatda minglab tomosha yig‘di (video)

Manzuradan yangi premyera: “Sevolmadingizmi” qisqa fursatda minglab tomosha yig‘di (video)

Xonanda Manzuraning “Sevolmadingizmi” nomli yangi taronasi kecha, 1 fevral kuni soat 19:00 da YouTube platformasida premyera qilindi. Mazkur qo‘shiq qisqa vaqt ichida 2 mingga yaqin tomosha to‘plab, tinglovchilardan 100 dan ortiq iliq va samimiy izohlar oldi.

“Sevolmadingizmi” taronasining so‘zi va musiqasi muallifi — Shaxboz Nosirjonov. Ushbu qo‘shiq yurakda qolib ketgan savollar, qalbni o‘rtaydigan mungli iztiroblar haqida hikoya qiladi. U bir paytlar bor bo‘lgan, ammo bugun faqat xotiralarda yashayotgan sevgi taqdirini tasvirlaydi.

Har bir notada o‘sha shirin damlarga bo‘lgan sog‘inch va ayni paytda alamli haqiqatning aks-sadosi yaqqol seziladi. Manzuraning mayin va ta’sirchan ovozi esa tinglovchini o‘tmishga — sevgi va ayriliq kechinmalari bilan to‘la lahzalarga yetaklaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Manzuradan yangi premyera: “Sevolmadingizmi” qisqa fursatda minglab tomosha yig‘di (video)