Jaloliddin Ahmadaliyevning yangi taronasi tinglovchilar qalbini larzaga keltirdi (mood video)

Jaloliddin Ahmadaliyev 31 yanvar kuni o‘z muxlislari uchun navbatdagi yangi taronasini taqdim etdi. Bu safar ijodkorning yangi asari “Hech odam bo‘lmaydi ba’zi birovlar” deb nomlanadi.
Qo‘shiq qisqa muddat ichida 250 mingga yaqin eshitildi va 1000 dan ortiq iliq hamda samimiy izohlar oldi. Muxlislar ushbu taronani iliq kutib olishdi va u tez orada xitga aylanishi kutilmoqda.
“Hech odam bo‘lmaydi ba’zi birovlar” taronasining matni Muhammadali Omonovga, musiqasi esa Jaloliddin Ahmadaliyevning o‘ziga tegishli. Tarona his-tuyg‘ularni o‘tkazish va qalbni larzaga keltirish xususiyatiga ega bo‘lib, tinglovchilarni bir zumda o‘z sehrli olamiga tortadi.
Jaloliddin Ahmadaliyevning betakror ovozi va mazmunli matn birlashib, ushbu qo‘shiqni nafaqat hissiy, balki esda qolarli ijodiy asarga aylantirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!