date

Shoxruhxonning bu yilgi konsert sanalari ma’lum bo‘ldi

Shoxruhxonning bu yilgi konsert sanalari ma’lum bo‘ldi

Xonanda Shoxruhxonning bu yilgi yakkaxon konsert dasturi sanalari ma’lum bo‘ldi. U 26–30 mart kunlari Toshkent shahridagi Xalqlar do‘stligi saroyi sahnasida muxlislari bilan uchrashadi.

Mazkur xushxabar Shoxruhxon ijodini sevib tinglaydigan minglab muxlislar uchun ayni muddao bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, bu yilgi konsert dasturi yuqori ruh, ko‘tarinki kayfiyat hamda tomoshabinlar uchun kutilmagan syurprizlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Xonandaning eng mashhur qo‘shiqlari bilan bir qatorda, sahnada yangi ijrolar ham yangrashi rejalashtirilgan. Shoxruhxonning bu galgi konserti tomoshabinlarga unutilmas taassurotlar, yorqin lahzalar va chinakam bayramona kayfiyat ulashishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shoxruhxonning bu yilgi konsert sanalari ma’lum bo‘ldi