Gulchehra Sa’dullayeva: “Lutfulla akam o'lmagan, men haliyam telefonda gaplashaman”

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan artist Gulchehra Sa’dullayeva marhum turmush o’rtog’i, O’zbekiston xalq artisti Lutfulla Sa’dullayevni xotirladi. Aktrisa intervyulardan birida turmush o’rtog’ining unga va oilasiga qanchalik yaqin bo’lganini samimiy so’zlar bilan ta’kidladi.
“Lutfulla akam ahvollari yomonlashib, mashinada olib ketilayotganda o’g’lim Sarvarbekka aytgan ekanlar: ‘Mobodo bir kun bu dunyodan o’tsam, do’stimni “Ketmoqdaman” qo’shig’ini qulog’imga qo’yib qo’yinglar’,” – deydi Gulchehra Sa’dullayeva.
Aktrisaning so’zlariga ko’ra, marhum san’atkorni telefonlarida uning raqamini terish bilan “Ketmoqdaman” qo’shig’i yangrab, xuddi Lutfulla akam o’zining ovozida gapirayotgandek bo‘ladi. Ushbu so'zlarni nevarasi Yigitalining o’g’li Abubakr menga aytadi: telefon raqamini terish bilan Lutfulla akam gapirgandek bo'ladi, ularning ovozini eshitgandek bo‘laman.
“Ko’zlarimdan tinmay yosh oqib ketadi, 4 yoshli bola menga: ‘O’zingni asra, Gulchehra’ deydi”, – deb xotiralarini yakunlaydi aktrisa.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!