Ozoda Nursaidova muxlisining bolalik orzusini ro‘yobga chiqarib barchaning e'tibor markazida!

O‘zbekiston estradasining taniqli vakilalaridan biri Ozoda Nursaidova yana bir bor samimiyligi bilan muxlislar mehrini qozondi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan video ko‘pchilikning e’tiborini tortdi va foydalanuvchilar orasida iliq muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Videoda xonandaning muxlisalaridan biri Ozoda Nursaidovaga murojaat qilib, bolalikdagi orzusini aytadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yoshligidan san’atkor bo‘lishni istagan, biroq sharoit sabab bu orzusi amalga oshmagan.
“Men yoshligimdan artist bo‘lmoqchi edim, sharoit bo‘lmagan. Dadam ham meni artist qilaman degan. Ozgina qo‘shig‘ingizni aytib beray, xolos”, — deydi muxlisa.
Ozoda Nursaidova esa bu iltimosni yerda qoldirmadi. Xonanda muxlisani iliq kutib olib, u bilan birgalikda qo‘shiq kuyladi. Bu samimiy lahza atrofdagilarda ham, videoni ko‘rgan muxlislarda ham yoqimli taassurot qoldirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!