Samsung Galaxy A27 dizayni rasmiy taqdimotdan avval oshkor bo‘ldi

G‘ilof ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri Samsung Galaxy A27 smartfonining dizaynini tasdiqlovchi suratlarni tarmoqqa sizdirib yubordi. Ushbu tasvirlar avvalroq tarqalgan renderlar bilan to‘liq mos keladi. Samsung kompaniyasi shu oy boshida Galaxy A27 modelining yaqin orada taqdim etilishini rasman tasdiqlagan edi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangi smartfon dizayni jihatidan yaqinda namoyish etilgan Galaxy A57 va Galaxy A37 modellari bilan o‘xshashlikka ega. Xususan, qurilma orqa qismida oval shaklidagi kamera bloki joylashgan. Samsung nihoyat o‘zining ushbu hamyonbop modelida eski V-simon tirqishdan voz kechib, old kamera uchun zamonaviy tirqish (otverstiye) tizimiga o‘tishi kutilmoqda.
Hozircha qurilmaning rasmiy taqdimot sanasi ma’lum emas. Biroq, aprel oyidagi Geekbench test natijalariga ko‘ra, smartfon Snapdragon 6 Gen 3 protsessori va 6 GB tezkor xotira bilan jihozlanadi. Shuningdek, qurilma sotuvga chiqarilgan vaqtda Android 16 operatsion tizimida ishlashi hamda takomillashtirilgan old kameraga ega bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!