Xonanda Farhod oilaviy ajrimning asl sababi haqida ochiq haqiqatlarni gapirdi!

Xonanda Farhod shaxsiy hayotidagi muhim qarorlardan biri — rafiqasi bilan ajrashgani haqida ochiq fikr bildirdi. U intervyulardan birida har bir oilaning ichki hayoti faqat o‘sha oilaning o‘ziga ayon bo‘lishini ta’kidladi.
Farhodning aytishicha, ularning ajrimi janjal yoki keskin kelishmovchiliklar asosida emas, balki ikki tomonning roziligi bilan yuz bergan. Xonanda sobiq turmush o‘rtog‘i bilan munosabatlar do‘stona ruhda yakunlanganini aytdi.
“Birovning oilasiga hech kim tushib ko‘rmagan, yashab ko‘rmagan. Bizda hammasi rozi-rizoligida bo‘lgan. U ham shu qarorga kelgan — men uning odami emasman, men ham shu qarorga kelganman — u mening odamim emas. Biz bu oilani do‘stlik notasida to‘xtatganmiz”, — dedi xonanda.
“Ajrimdan keyin nimani tushundingiz?” degan savolga Farhod insonlar bir-birini tanlagan paytda turli muhitlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, har kim boshqa tarbiya, boshqa qarash va boshqa hayot muhitida ulg‘ayadi. Ba’zan esa aynan shu farqlar munosabat davom etishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!