date

BYD Land Rover Defender raqobatchisi bo'lgan yangi gibrid krossoverini taqdim etadi

BYD Land Rover Defender raqobatchisi bo'lgan yangi gibrid krossoverini taqdim etadi

BYD kompaniyasi joriy yil oxiriga qadar yetti o'rinli gibrid krossoverini sotuvga chiqarishni rejalashtirmoqda. Ushbu model Land Rover Defender kabi mashhur yo'ltanlamaslarga jiddiy raqobatchi bo'lishi kutilmoqda. Yangi avtomobil o'zining o'lchamlari bo'yicha Defender 110 va 130 modellari oralig'ida joylashadi. Bu haqda Autocar.co.uk xabar beradi.

Ti7 modeli BYD kompaniyasining yangi «DM-p» gibrid tizimi bilan jihozlanadi. U 1,5 litrli turbodvigatel, ikkita elektr dvigatel va 35,6 kW/soat sig'imli litiy-temir-fosfat batareyasidan iborat. Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada erishadi va faqat elektr energiyasi hisobiga 127 kilometrgacha masofani bosib o'ta oladi.

Avtomobilning tashqi ko'rinishi klassik 4x4 yo'ltanlamaslarni eslatadi. Garchi u Buyuk Britaniya bozorida BYD brendi ostida sotilsa-da, aslida u Xitoyda Fangchengbao brendi ostida ishlab chiqariladigan model hisoblanadi. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, Ti7 monokok konstruksiyaga ega bo'lib, u asosan shahar sharoitida yo'ltanlamas uslubini xush ko'ruvchi xaridorlar uchun mo'ljallangan.

Hozircha avtomobilning narxi rasman e'lon qilinmagan, biroq u BYD kompaniyasining eng qimmat flagman modeli bo'lishi kutilmoqda. Katta ehtimol bilan, modelning ilk namoyishi iyul oyida bo'lib o'tadigan Goodwood Festival of Speed tadbirida bo'lib o'tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Avto » BYD Land Rover Defender raqobatchisi bo'lgan yangi gibrid krossoverini taqdim etadi