Hind kinolarida sevishganlar obrazini mahorat bilan ijro etib, tomoshabinlar qalbini zabt etgan juftliklar haqida so‘z yuritamiz.
Shohruh Xon va Kajol
Foto: Getty Images
1990—2000 yillardagi filmlarning eng sevimli juftligi. «O‘g‘irlanmagan kelin» — aktyorlar karerasidagi eng mashhur filmlardan biri hisoblanadi.
Juftlik ishtirokidagi «Firibgar», «Hayotda hamma narsa bo‘lishi mumkin», «Gohi shodlik, gohi g‘am», «Mening ismim Xon» filmlari ham muvaffaqiyat qozongan.
Shohruh va Kajol so‘nggi marta Rohit Shettining «Sevishganlar» filmida birgalikda rol ijro etgan. Aktyorlar hayotda ham do‘stona munosabatda.
Ayshvariya Ray va Ritik Roshan
Foto: Getty Images
Ayshvariya va Ritik ishtirokidagi filmlar tomoshabinlar qalbidan joy olgan. Ular «O‘tinch», «Jodha va Akbar», «Tezlik» kabi filmlarda sevishganlar obrazini mahorat bilan ijro etgan.
Akshay Kumar va Katrina Kaif
Foto: Getty Images
«Salom, London», «Qirol Singh», «Xush kelibsiz» kabi filmlar Akshay va Katrinani hind kinosining eng chiroyli juftliklaridan biriga aylantirgan.
Akshay va Katrina doim hayotda ham do‘st ekanliklarini aytadi. 2020 yilning oxirida ular bosh rolni ijro etgan film ekran yuzini ko‘radi.
Ranvir Singh va Dipika Padukon
Foto: Getty Images
Dipika va Ranvirning bir-biriga bo‘lgan muhabbati «Ram va Lila», «Bajirao va Mastani» hamda «Padmavat» kabi filmlarning muvaffaqiyatli chiqishini ta’minlagan.
«Bajirao va Mastani» 9 ta Filmfare mukofotini qo‘lga kiritib, Bollivudning eng ko‘p mukofotlangan filmlaridan biri bo‘lgan.
Ekrandagi muhabbat hayotga ham ko‘chib, ushbu juftlik turmush qurishga qaror qilgan. Hozirda ular birgalikda baxtli hayot kechirmoqda.
Varun Dxavan va Aliya Bxatt
Foto: Getty Images
Ushbu juftlik «Yil talabasi» filmida ilk marta rol ijro etganida tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan.
Varun va Aliya «Badrinathning qallig‘i», «Chegara» va «Yosh va go‘zallar» filmlarida ham sevishganlar rolini mahorat bilan ijro etgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...