3 466
Bollivud yulduzlari Priyanka va Karina bir-biriga raqobatchi bo‘lishining sababi nimada?
Foto: «Yandeks Dzen»
Bollivudning ikki go‘zal aktrisasi Karina Kapur va Priyanka Chopra o‘rtasidagi munosabatlarning yomonlashishi sababi nimada ekanligiga to‘xtalib o‘tamiz.
Ilk bor 2004 yil suratga olingan «Aitraaz» filmida birga ishlashga muvaffaq bo‘lgan aktrisalar bir-biri bilan yaqin bo‘lib ketgan. Keyin har ikkisining ham mashhur bo‘lib ketishi do‘stlikdan ko‘ra raqobatni ustun bilishga sabab bo‘lgan. Priyanka va Karina birgalikda Shohrux Xon bilan «Kim millioner bo‘lishni istaydi?» shousining birinchi mavsum finalida ishtirok etgan.
Foto: Getty Images
2007 yilda Karina Priyankani aktrisa sifatida o‘zi bilan teng ko‘rmasligini ta’kidlagan, tabiiyki, Priyanka bunga jim qarab turmagan.
Foto: «Yandeks Dzen»
«Bebo mendan katta va yetuk aktrisa, o‘ylashimcha, uning malakasi mening ijrolarimga baho berish imkonini beradi», — degan aktrisa. Shundan keyin u Karinaning «Uchrashganimizda»nomli filmdagi roliga ijobiy baho bergan.
Foto: Getty Images
«Karan bilan qahva» shousida Karina Chopraga yana bir bor tosh otgan va uni Shahid Kapurni o‘zidan «olib qo‘yishda» ayblagan. Priyanka bunga javoban Saif ham bir vaqtlar kimningdir sevgilisi bo‘lganini ta’kidlagan.
Foto: Getty Images
Karina bilan ajralganidan keyin Shahid Kapur o‘sha vaqtlar Xarma Bavedja bilan munosabatlariga nuqta qo‘yganiga ko‘p bo‘lmagan Priyanka bilan uchrashib yurgan. Ammo juftlik munosabatlarini sir tutishni afzal bilgan. Bora-bora ularning har ikkisi o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib ketgan. Bugungi kunda Karina Saif Ali Xon, Priyanka esa Nik Jonas bilan baxtli hayot kechiradi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
O‘qishga kirish uchun minimal o‘tish ballari ko‘tariladi
Olimpiadaga chiqqan futbolchilar qancha mukofot pullari olgani ma’lum bo‘ldi
Quvayt Xotin-qizlar jamiyati raisi o‘rinbosari: "Shavkat Mirziyoyev BMTning 78-sessiyasida Osiyo xotin-qizlar forumini O‘zbekistonda o‘tkazish tashabbusi bilan chiqqan"
Rossiyalik xaker uchun 10 million dollar va’da qilindi
Bogdan Guskov: "Birinchi sparringdayoq Striklendning jigariga zarba berdim"
PSJ dan 30 ta zarba, 0 ta gol!