'
Bugun, 27 sentyabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida (TATU) kadrlar almashinuvi yuz bergan. Bu haqda Kun.uz sayti xabar berdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, universitet jamoasi yangi rektor To‘lqin Teshaboyev bilan tanishtirilgan.
Endilikda shu yilning 8 fevralida universitet rektori sifatida ish boshlagan O‘tkir Hamdamov o‘rniga To‘lqin Teshaboyev tayinlangan.
To‘lqin Teshaboyev ilgari Kasaba uyushmalari Federasiyalari Kengashi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan. Muqaddam esa o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti O‘zbekistondagi telekommunikasiya va axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlovchi markaz hisoblanadi. Universitetning Farg‘ona, Urganch, Qarshi, Samarqand, Nukus shaharlarida filiallari mavjud. Oliygoh 1955 yilda Toshkent elektrotexnika aloqa instituti sifatida tashkil etilgan. 2002 yilda universitet maqomini olgan va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti deb nomlana boshlangan.
Universitet saytidagi ma’lumotga ko‘ra, universitet va uning filiallarida 10242 nafar talaba tahsil oladi. Oliygoh 26ta xorijiy davlatning 42 universitet, 8 ilmiy-tadqiqot markazi, 12 korxona va tashkilotlari bilan hamkorlik o‘rnatgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi