Toshkent, Buxoro va Navoiyda noyabr harorati rekordi yangilandi

O‘zbekistonning Toshkent, Buxoro va Navoiy shaharlarida noyabr oyi uchun belgilangan ko‘p yillik harorat rekordlari yangilandi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bu shaharlarda havo harorati odatiy noyabr ko‘rsatkichlaridan ancha yuqori bo‘lib, avvalgi rekordlardan ham oshib ketgan.
6 noyabr kuni Toshkentda havo harorati +26,9 darajagacha ko‘tarildi. Bu 1981 yilda qayd etilgan avvalgi rekorddan 0,5 daraja yuqori.
8 noyabr kuni esa Buxoroda harorat +30,6 darajaga yetdi. Bu ko‘rsatkich 1992 yildagi rekorddan 1,1 darajaga baland bo‘ldi.
Shu kuni Navoiyda ham noyabr oyi uchun yangi harorat rekordi qayd etildi. Shaharda havo +30 darajagacha isidi. Bu 1992 yilda o‘rnatilgan avvalgi rekorddan 1,3 daraja yuqori.
Shunday qilib, uchta shaharda 30 yildan ortiq vaqt davomida saqlanib kelgan noyabr oyi harorat rekordlari yangilandi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar































Izohlar0
…