20 noyabr kuni ob-havo qanday bo‘lishi ma’lum qilindi

QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
- O‘zgidromet 20 noyabr kuni O‘zbekiston hududlarida o‘zgaruvchan havo va ayrim joylarda yog‘ingarchilik kutilayotganini ma’lum qildi.
- Toshkent shahri hamda bir qator viloyatlarda ertalab va kechqurun yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘lishi, tog‘li hududlarda esa qor yog‘ishi mumkin.
- Respublikaning ko‘plab hududlarida shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayib, chang-to‘zonlar ko‘tarilishi va tuman tushishi kutilmoqda.
O‘zgidromet 20 noyabr, juma kuni O‘zbekiston hududlarida kutilayotgan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ertalab va kechqurun yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzi esa yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi. Ertalab va kechqurun uning tezligi 12–15 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mumkin. Poytaxtda harorat kechasi 10–12 daraja, kunduzi esa 22–24 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun va ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushadi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq bo‘ladi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
Mavzuga oid yangiliklar
































Izohlar0
…