Prezident Shavkat Mirziyoyev nabirasiga maktub yo‘lladi: prezidentning hayotiy saboqlari

1 daqiqa o'qish0
Prezident Shavkat Mirziyoyev nabirasiga maktub yo‘lladi: prezidentning hayotiy saboqlari

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 noyabr kuni Iordaniyaga davlat tashrifi chog‘ida nabirasi Shavkatbekka maktub yozdi. Unda davlat rahbari bolalik yillari, hayotiy tajribasi, prezidentlik mas’uliyati hamda yosh avlodning kelajagi haqida fikr yuritdi.

Maktubda Mirziyoyev bolalik davridagi mashaqqatli mehnatni yodga oldi. Uning yozishicha, u yozning jaziramasida g‘o‘za chopgan, qishning sovug‘ida esa paxta tergan. Maktabda tahsil olgan 10 yilining deyarli yarmi dalada mehnat qilish bilan o‘tganini eslagan prezident, davlat rahbari lavozimiga kelgach, eng avvalo, bolalarni paxta dalalaridan qaytarib, maktablarga yuborishga e’tibor qaratganini ta’kidladi.

Shuningdek, u nabirasiga zamonaviy texnologiyalar va sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanishni, ammo ularga qaram bo‘lib qolmaslikni tavsiya qildi. Xorijiy tillarni o‘rganish, ko‘proq kitob mutolaa qilish, bilim olish va muvaffaqiyatsizliklar qarshisida tushkunlikka tushmaslik ham maktubdagi muhim nasihatlardan bo‘ldi.

Davlat rahbari o‘ziga eng ko‘p yetishmaydigan narsa vaqt ekanini ham qayd etdi. Mamlakatni rivojlantirishga qaratilgan g‘oya va tashabbuslarni amalga oshirish uchun ko‘p ishlashiga, ba’zan kam uxlashiga to‘g‘ri kelishini yozdi.

«Taqdir zimmamga shunday vazifa yuklaganki, men nafaqat sening, balki senga o‘xshagan millionlab O‘zbekiston farzandlarining kelajagi haqida ham o‘ylashim, qayg‘urishim kerak», — deya ta’kidladi Mirziyoyev.

Prezident xorijiy safarlarining asosiy maqsadlaridan biri ham xalq farovonligini oshirish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yangi hamkorlar topish va mamlakatga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish ekanini tushuntirdi.

Maktub yakunida nabirasiga Vatanga sadoqatli, bilimli, halol va mehnatsevar inson bo‘lib ulg‘ayishni tiladi. Shuningdek, undagi nasihatlar faqat Shavkatbekka emas, balki O‘zbekistonning barcha yoshlariga qaratilganini alohida ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 23–24 noyabr kunlari Iordaniya qiroli Abdulla II ibn al-Husayn taklifiga binoan ushbu mamlakatda davlat tashrifi bilan bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?