date
views 362

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi

Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi
Oʻzgidromet 3-5 fevral kunlari kutilayotgan ob-havo boʻyicha ma'lumotni taqdim etdi. Unga koʻra:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi -3...-8, kunduzi 3-4 fevralda +3...+8, 5 fevralda +5...+10 daraja boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi +7...+12, 5 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi. Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 0...-5, kunduzi 3-4 fevralda +3...+8, 5 fevralda +5...+10 daraja boʻladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4 fevralda kechasi -3...+2, kunduzi +6...+11, 5 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 daraja boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-4 fevralda kechasi -2...+3, kunduzi +7...+12, 5 fevralda kechasi 0...+5, kunduzi +12...+17 daraja boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3 fevralda kechasi 0...-5, kunduzi +4...+9, 4 fevralda kechasi -3...+2, kunduzi +6...+11, 5 fevralda kechasi -3...+2, kunduzi +8...+13 daraja boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...-5, kunduzi +2...+7 daraja boʻladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » Kelgusi hafta boshi uchun ob-havo prognozi e'lon qilindi