2025-yilning birinchi yarmi davomida O‘zbekiston aholisi tomonidan olingan jami mikroqarzlar hajmi 49,8 trln so‘mga yetdi. Bu ko‘rsatkich 2024-yil mos davri bilan solishtirilganda 27 trln so‘mga ko‘p bo‘lib, 2,2 barobarga o‘sgan. Bu raqamlar mamlakatda mikroqarzlar bozori kengayib, aholi uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari tobora kengayganini ko‘rsatadi, deb xabar berdi Markaziy bank.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, mikroqarzlarning umumiy mikromoliya xizmatlaridagi ulushi quyidagicha taqsimlangan:
Tijorat banklarida 75 foiz (40,2 trln so‘m);
Mikromoliya tashkilotlarida 69 foiz (8,3 trln so‘m);
Lombardlarda esa 100 foiz (1,3 trln so‘m).
Yarim yil davomida davlat banklarida berilgan mikroqarzlar 1,7 barobarga (4,1 trln so‘m), xususiy banklarda esa 2,3 barobarga (17,3 trln so‘m) ortib ketgan. Bu ko‘rsatkichlar davlat va xususiy sektorning aholiga moliyaviy yordam ko‘rsatishda faolligini tasdiqlaydi.
Banklar kesimida alohida qaralsa, “Agrobank”da mikroqarzlar hajmi 5,5 barobarga (2 trln so‘m), “Biznesni rivojlantirish banki”da 5,3 barobar (804 mlrd so‘m), “Mikrokreditbank”da esa 4,4 barobarga (941 mlrd so‘m) o‘sgan. Xususiy banklar orasida eng katta o‘sish “Davrbank”da kuzatilgan — 8,8 barobar (440 mlrd so‘m), shuningdek “Tenge bank”da 4 barobar (235 mlrd so‘m) va TBC bankda 3 barobar (14,3 trln so‘m) miqdorida ortib ketgan.
Mikromoliya tashkilotlari va lombardlarda ham mikroqarzlar hajmi 5,6 trln so‘mga yoki 2,4 barobarga o‘sgan. Bu esa aholi tomonidan kichik moliyaviy qarzlardan foydalanishdagi talabning oshib borishi bilan izohlanadi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 25-avgustgacha bo‘lgan o‘n kunlikda mikroqarzlar o‘rtacha 35,9 foiz stavkada berilgan. Banklar kesimida eng past narxdagi mikroqarz 22,8 foizdan, eng yuqori stavka esa 42,3 foizdan ajratilgan. Bu ko‘rsatkichlar aholi uchun turli moliyaviy imkoniyatlar va banklar orasida raqobat mavjudligini ko‘rsatadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar