date

UNESCO rahbari 'Do‘stlik' ordeni bilan taqdirlandi


Samarqandda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev UNESCO Bosh direktori Odri Azulega 'Do‘stlik' ordenini topshirdi. Ushbu mukofot fan, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi hamda O‘zbekistonning madaniy merosini targ‘ib qilgani uchun taqdim etildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va UNESCO o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar. Odri Azule davlat rahbarini UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabrikladi.

Ushbu tadbir 40 yildan beri ilk bor Parijdan tashqarida bo‘lib o‘tmoqda. U tadbir tashkilotchiligini va uning boy dasturini yuqori baholadi.

Konferensiya doirasida UNESCOning Maktabgacha ta’lim bo‘yicha mintaqaviy markazi ishga tushirilishi, Beruniy mukofotining topshirilishi, Samarqandning 3000 yilligini nishonlash, shuningdek, muzeylar, sun’iy intellekt va gender masalalariga bag‘ishlangan forumlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » UNESCO rahbari 'Do‘stlik' ordeni bilan taqdirlandi