
O‘zbekistonda tadbirkorlarga nohaq jarima solgan amaldorlarni javobgarlikka tortish taklif qilinmoqda. Biznes-ombudsman jamoatchilik muhokamasi uchun qonun loyihasini e'lon qildi.
Mazkur idora ma'lumotlariga ko‘ra, ayrim davlat organlari ishida tadbirkorlarga nisbatan asossiz jarima qo‘llash holatlari tez-tez uchraydi. O‘tgan yili tadbirkorlar bunday jarimalarga qarshi sudga 6 370 ta shikoyat kiritgan.
Shikoyatlarning 5 280 tasi sud tomonidan qanoatlantirilgan va bekor qilingan jarimalar miqdori qariyb 1,4 trillion so‘mni tashkil etgan. Joriy yilning birinchi yarmida esa 4 738 ta shikoyat ro‘yxatga olingan bo‘lib, shundan 3 755 tasi sud tomonidan asosli deb topilgan.
Bekor qilingan jarimalar miqdori taxminan 3,1 trillion so‘mni tashkil etgan. Hozirgi kunda nohaq jarima solgan amaldorlar javobgarlikka tortilmaydi.
Shu sababli ular tadbirkorlarga jarima belgilashda o‘zlariga xavf tug‘dirmasdan ish olib borishlari mumkin. Qonun loyihasida Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga «Tadbirkorlarga nohaq jarima belgilash» deb nomlangan 241-11-modda qo‘shish taklif qilinmoqda.
Sud jarimani noqonuniy deb topgan taqdirda, amaldor 20-40 bazaviy hisoblash miqdori (taxminan 8,24–16,48 million so‘m) miqdorida jarimaga tortiladi. Loyiha bo‘yicha jamoatchilik muhokamasi 9-noyabrga qadar davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
  
 