date

Bugun qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

Bugun qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

O‘zgidromet 30 yanvar kuniga mo‘ljallangan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi. Sinoptik kuzatuvlarga ko‘ra, ertaga mamlakatning aksariyat hududlarida havo sharoiti o‘zgaruvchan tus oladi, ayrim joylarda yomg‘ir, tuman hamda yo‘llarda yaxmalak holatlar yuzaga kelishi mumkin. Shu bois, ayniqsa haydovchilar va yo‘lga chiquvchi fuqarolardan ehtiyotkorlikka amal qilish so‘ralmoqda.

Toshkent shahrida kun davomida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, asosan yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, ammo kechqurunga yaqin qisqa muddatli yomg‘ir ehtimoli mavjud. Ertalab va tungi soatlarda tuman tushishi mumkin. Shamol avval sharq tomondan esib, keyin g‘arbga yo‘nalishini o‘zgartirib, 3–8 m/s tezlikda saqlanadi. Harorat kechasi 3–5 daraja sovuqni ko‘rsatsa, kunduzi 3–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston va Xorazm hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, biroq ayrim joylarda tuman paydo bo‘lishi mumkin. Yo‘llarning ayrim nuqtalarida yaxmalak yuzaga kelishi ehtimoldan xoli emas. Shamol sharqiy yo‘nalishdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5–10 daraja sovuq, ba’zi hududlarda 13–15 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin, kunduzi esa 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida ayrim hududlarda yomg‘ir yoki tuman kuzatilishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak holatlar yuzaga kelish ehtimoli bor. Shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan g‘arbga qarab 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi esa 2–7 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent viloyati, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida ham havo o‘zgaruvchan saqlanadi. Ayrim joylarda yomg‘ir, tuman kuzatilishi mumkin, yo‘llarda ayrim nuqtalarda yaxmalak paydo bo‘lishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan g‘arbga tomon 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 2–7 daraja iliq darajada bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo hududlarida ayrim joylarda yomg‘ir va tuman kuzatilishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak holatlari bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Shamol sharqdan g‘arbga tomon 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 5–10 daraja iliqni tashkil etadi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, ammo ayrim joylarda tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda ayrim nuqtalarda yaxmalak holatlari kuzatilishi ehtimoli bor. Shamol sharq tomondan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja sovuq, kunduzi 0–5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qor yog‘ishi, tuman tushishi mumkin. Yo‘llarda yaxmalak saqlanib qolishi ehtimoli yuqori, shuningdek qor ko‘chishi xavfi ham bor. Shamol sharqdan g‘arbga qarab 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8–13 daraja sovuq, kunduzi esa 4 daraja sovuqdan 1 daraja iliqqacha bo‘lishi prognoz qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Bugun qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?