date

O‘zbekiston va Italiya investitsiyalari himoyasi bo‘yicha kelishuv tasdiqlandi

O‘zbekiston va Italiya investitsiyalari himoyasi bo‘yicha kelishuv tasdiqlandi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida o‘zaro investitsiyalarni himoya qilish bo‘yicha kelishuvni tasdiqladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hujjat 29 may kuni Samarqand shahrida imzolangan va 31 oktyabr kuni kuchga kirgan. Kelishuv investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan.

Shartnomaning ijrosini ta’minlash uchun Sanoat va savdo vazirligi mas’ul organ etib belgilangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » O‘zbekiston va Italiya investitsiyalari himoyasi bo‘yicha kelishuv tasdiqlandi