Andijonda 7 jo‘ja o‘g‘irlagani uchun 10 yillik qamoq jazosi berildi

1 daqiqa o'qish3K
Andijonda 7 jo‘ja o‘g‘irlagani uchun 10 yillik qamoq jazosi berildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Andijon viloyatining Baliqchi tumanida 39 yoshli erkak voyaga yetmagan bolaga zo‘rlik ishlatib, 7 dona jo‘jani bosqinchilik yo‘li bilan olib ketgani uchun 10 yil 2 oyga ozodlikdan mahrum etildi.
  • Voqea 2025 yil 3 may kuni sodir bo‘lgan, sudlanuvchi bundan avval ham 7 marta sudlangan.
  • Apellyatsiya instansiyasi ayblovdagi takroriylik bandini chiqarib tashlagan bo‘lsa-da, jazo muddati va uni maxsus tartibli koloniyada o‘tash haqidagi qarorni o‘zgarishsiz qoldirdi.

Andijon viloyatida qo‘shnisining uyiga kirib, voyaga yetmagan bolaga zo‘rlik ishlatgan holda 7 dona jo‘jani bosqinchilik yo‘li bilan olib ketgan 39 yoshli erkak 10 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Hujjatlarda qayd etilishicha, voqea 2025 yil 3 may kuni soat 13:30 larda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida sodir bo‘lgan. Ayblanuvchi mahalladoshining xonadoniga o‘g‘rilik niyatida kirgan. Hovlida xonadon egasining voyaga yetmagan o‘g‘li ko‘rinib qolganidan so‘ng, unga hujum qilgani aytilmoqda: bolaga zo‘rlik ishlatib, urib-do‘pposlagan, bo‘g‘ish orqali og‘ir tan jarohati yetkazgan.

Shundan keyin u hovlidagi katakdan 7 dona jo‘jani bosqinchilik yo‘li bilan olib, voqea joyidan qochib ketgani ko‘rsatilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur shaxs avval ham turli jinoyatlar uchun 7 marta sudlanib, jazo muddatlarini o‘tab chiqqan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudining 2025 yil 11 noyabrdagi hukmiga ko‘ra, u Jinoyat kodeksining 164-moddasi 3-qismi “a, v, g” bandlari bo‘yicha aybli deb topilib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan. 60- va 61-moddalar qo‘llanilib, yakuniy jazo 10 yil 2 oy etib belgilangan. Shuningdek, u “o‘ta xavfli retsidivist” deb topilib, jazoni maxsus tartibli koloniyada o‘tashi belgilangan.

Ayblanuvchi aybini tan olgan, biroq “o‘ta xavfli retsidivist” degan bahoga rozi bo‘lmay, apellyatsiya shikoyati kiritgan.

Joriy yil 28 yanvar kuni Andijon viloyati sudida apellyatsiya instansiyasida ish qayta ko‘rilgan. Sud hay’ati birinchi instansiya tomonidan 164-modda 3-qism “a” bandi (takroranlik) noto‘g‘ri qo‘llanilgan, degan xulosaga kelgan: ayblanuvchi avval aynan shu modda yoki unga o‘xshash jinoyat uchun sudlanmagani sabab takroriylik belgisi yo‘q, deb baholangan.

Shu asosda mazkur “a” bandi ayblovdan chiqarilgan. Ammo jazo turi va muddati adolatli, deya topilib, 10 yil 2 oy ozodlikdan mahrum qilish o‘zgartirishsiz qoldirilgan. Qolgan qismlar, jumladan jazoni ijro etish tartibi ham saqlab qolingan, apellyatsiya shikoyati esa qisman qanoatlantirilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?