date

10-noyabrda O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo


Dushanba, 10-noyabr kuni, O‘zbekiston hududida quruq va iliq ob-havo hukm suradi. O‘rtacha harorat +12…+17 darajani tashkil etadi, deya xabar beradi O‘zgidromet.

Toshkentda havo harorati +13…+15 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Shaharda shamol tezligi 3-8 m/s oralig‘ida bo‘ladi.

Faqat Toshkent viloyatining ayrim tog‘li hududlarida kechga tomon yomg‘ir va qor aralash yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Tog‘larda harorat +8…+13 daraja bo‘lib, shamol tezligi 7-12 m/s ga yetishi taxmin qilinmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » 10-noyabrda O‘zbekistonda quruq va iliq ob-havo