
O‘zbekistonda tibbiyot xodimlarining malakasini uzluksiz oshirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev respublika shifokorlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.
Mazkur maqsadda mamlakatda Uzluksiz professional tibbiy ta’lim markazi ochilishi rejalashtirilmoqda. 2026-yildan boshlab masofaviy ta’lim, simulyatorlarda amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil o‘qish imkoniyatlari yo‘lga qo‘yiladi.
“Zamonaviy shifokor zamonaviy texnologiyalar, davolash va diagnostika usullari bilan tanish bo‘lishi, o‘z salohiyatini doimiy ravishda oshirib borishi kerak”, — dedi davlat rahbari. So‘nggi sakkiz yilda xususiy klinikalar soni uch barobarga oshib, 9 mingdan oshdi, yotoq o‘rinlari soni esa 57 mingga yetdi.
Prezidentning ta’kidlashicha, hozirda tibbiy xizmatlarning 30 foizini xususiy sektor taqdim etmoqda va ushbu hamkorlikni kengaytirish niyati bor. Davlat rahbari xususiy klinikalardagi xizmat narxlari respublika markazlaridagi narxlardan arzonroq ekanini qayd etdi va davlat muassasalaridagi narxlarning adolatliligini qayta ko‘rib chiqishni topshirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar