
Toshkent shahar IIBB axborotiga ko‘ra, transport vositasini olib qochgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.
Olmazor tumani Qorakamish 2/4 dahasida yashovchi fuqaro 102 raqami orqali murojaat qilib, Gentra avtomobilining signalizatsiyasi ishga tushganini aytdi. U derazadan qaraganida noma’lum kishi mashinaga o‘tirib, soat 23:40 da (Toshkent vaqti bilan) voqea joyidan ketib qolgan.
Tezkor qidiruv tadbirlari natijasida olib qochilgan Gentra yo‘l-transport hodisasidan so‘ng shikastlangan holatda topildi. Haydovchi Spark bilan to‘qnashib, hodisa joyidan qochib ketgani ma’lum bo‘ldi. Oradan ko‘p o‘tmay u Shayxontohur tumanidagi uylardan birida aniqlanib, ushlangan.
Surishtiruvda gumonlanuvchi jinoyat vaqtida spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani, “sayr qilib kelish” niyatida yaqin atrofdagi avtomobilning orqa eshigi oynasini sindirib, kalit yoqish tizimida qolib ketgani uchun mashinani haydab ketgani qayd etildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ikki oy avval poytaxtga ish izlab kelgan va xususiy uyda bruschatka yotqizish bilan shug‘ullangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining “Transport vositasini olib qochish” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu modda bo‘yicha eng kam jazo 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni tashkil qilishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.