Ronalduning gollari 956 taga yetdi va seriya davom etmoqda

Ronalduning gollari 956 taga yetdi va seriya davom etmoqda

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining 11-turida “Al-Ohdud”ga qarshi uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugaliyalik yulduz 32-daqiqada hisobni ochib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan ko‘p o‘tmay u yana gol urib, dubl qayd etdi. Tanaffusga kelib hisob 2:0, ustunlik Ronaldu jamoasi tomonida.

Ushbu dubl orqali Ronaldu klub va Portugaliya terma jamoasi safidagi kattalar futbolidagi jami gollari sonini 956 taga yetkazdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar