
“O‘zgidromet” 31 dekabrdan 3 yanvargacha bo‘lgan ob-havo prognozini e’lon qildi. Yangi yil bayrami kunlarida respublika hududlarida havo asosan o‘zgaruvchan bo‘lib, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin.
Qoraqalpog‘iston va Xorazmda 31 dekabr kechasi va ertalab ba’zi hududlarda yengil yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. 1–3-yanvar kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, tuman tushishi mumkin. Harorat kechalari 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzlari 0–8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida 31 dekabr kechasi yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 1–2 yanvar quruq o‘tadi, 3 yanvar ayrim joylarda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Harorat kunduzi 5–15 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryoda 31 dekabr kuni ayrim joylarda yomg‘ir yog‘adi. 1–2 yanvar yog‘ingarchiliksiz, 3 yanvar esa ba’zi hududlarda yomg‘ir yoki qor kuzatilishi mumkin. Harorat 3–13 daraja iliq oralig‘ida saqlanadi.
Qashqadaryo va Surxondaryoda Yangi yil kunlari nisbatan iliq ob-havo kutilmoqda. Ayrim kunlari yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Kunduzi 7–15 daraja iliq, kechalari 0–10 daraja iliq bo‘ladi.
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 1 va 3 yanvar ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kunduzlari 3–10 daraja iliq atrofida bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda vaqt-vaqti bilan yomg‘ir va qor yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Kechalari sovuq, kunduzlari esa 0–7 daraja iliq havo saqlanadi.
Mutaxassislar bayram kunlari tuman va yog‘ingarchilik bo‘lgan hududlarda ehtiyotkorlikka rioya qilishni tavsiya qilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.